Bu haqda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Moskvada ötayotgan «Oçiq innovatsiyalar» xalqaro forumining yalpi majlisida aytib ötdi.
«Şu sababli mamlakatda raqamli ma'lumotlarni himoya qiliş va xavfsizligini ta'minlaş böyiça kompleks dastur qabul qilingan. Uning doirasida axborot xavfsizligi sohasida 70dan ortiq hujjat tasdiqlandi. Barça davlat institutlarida ma'lumot uzatişning himoyalangan tarmoqlari orqali elektron ma'lumot almaşiş yölga qöyildi», – dedi Aripov.
Uning sözlariga köra, körilayotgan çoralar natijasida Özbekiston Xalqaro elektr aloqa ittifoqining global kiberxavfsizlik indeksida 40 poğona yuqorilab, 175 davlat orasida 52-örindan joy olgan.
Bundan oldin, Abdulla Aripov mazkur forum davomida Özbekistondagi internet tezligi haqida gapirgani xabar qilingandi.













