Şu yilning yozida Jizzax viloyatining M-39 avtomagistrali orqali harakatlangan yölovçilar uşbu hududda yonib ketgan “DAF” rusumli yuk avtomaşinasiga közi tuşgani haqida aytişgandi.

Ma'lum bölişiça, 2019 yil 7 iyul kuni U.A. imli şaxs boşqaruvida bölgan mazkur “DAF” rusumli avtoulov tirkamasida yuklangan, qiymati 121 000 AQŞ dollarlik 550 000 quti çet elda işlab çiqarilgan sigaret mahsulotlari bilan Qirğiziston Respublikasiga tranzit ötkaziş uçun Buxoro viloyatining “Olot” çegara bojxona posti orqali Özbekiston Respublikasiga kirib kelgan. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Biroq, uşbu avtotransport vositasi 2019 yil 14 iyul kuni göyoki Jizzax viloyati hududida tirkamasining orqa qismidan yonğin çiqişi natijasida yukxonasidagi sigaret mahsulotlari bilan birgalikda yonib ketganligi haqida haydovçi tomonidan xabar berilgan.

Haydovçining iddaosiga köra, avtotransport vositasining orqa öng tomon şinasining yonişi oqibatida kelib çiqqan yonğin natijasida avtotransport vositasi va undagi sigaret mahsulotlari butunlay yonib ketgan va uni öçiriş imkoniyati bölmagan göyo.

Ammo, katta partiyadagi sigaretlar ortilgan uşbu avtoulovning tösatdan yonib ketişi haqida haydovçi aytgan gaplar bojxona xodimlarini sergak torttirdi.

Çunki, uşbu sigaretlar agarda Özbekiston Respublikasida bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilganida, 6,6 mlrd söm bojxona tölovlari tölanişi kerak edi.

Şu tariqa Jizzax va Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boşqarmasi Tergov bölimi hamda Davlat bojxona qömitasi xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi sa'y-xarakatlar natijasida jinoyat köpga çözilmasdan oçildi, yaşirib qöyilgan sigaretlar Samarqanddan topildi.