Ravşan Ismoilov bungaça «Özbekiston havo yöllari» AJ tizimida işlab kelgan. Xususan, ma’lum vaqt kompaniyaning Kaliningraddagi vakolatxonasini boşqargan.
11 oktabr kuni Uzbekistan Airports aksiyalarini çiqargani haqida ma’lumot berdi. Unga köra, yangi kompaniya avgust oyi oxirida 781,9 mingta qimmatli qoğoz çiqariş böyiça qaror qabul qilgan. Bir dona aksiyaning nominal qiymati 100 söm deb belgilangan. Yopiq holatda çiqarilgan qimmatli qoğozlarning umumiy narxi – 78,2 mlrd sömga yaqin.
Şu kunlarda esa Behzod Yusupov AJ boşqaruv raisining aviatsiya xavfsizligi va rejim böyiça örinbosari lavozimini egallagani, kompaniya taftiş komissiyasi a’zolari tayinlangani, korporativ hujjatlar tasdiqlangani ma’lum böldi.
Eslatib ötamiz, «Özbekiston havo yöllari» negizida bir qator kompaniyalar taşkil etilişiga oid prezident farmoni 2018 yil kuzida qabul qilingandi. Farmonga asosan yangi taşkil qilingan «Uzbekistan Airways» AJga 2018 yildan buyon Baxtiyor Hakimov rahbarlik qilmoqda.
Toşkentdagi yangi aeroport terminali Şveytsariya kompaniyasi tomonidan quriladi. U «Humo» quşi şaklida böladi












