Özbekiston prezidentining farmoni bilan Obid Orziquloviç Hakimov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori etib tayinlandi.

Obid Hakimov uşbu lavozimga tayinlangunga qadar prezident administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş sektori mudiri bölib işlagan.

O. Hakimov 1977 yilda Termiz şahrida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent moliya institutini, 2000 yilda Vanderbilt universiteti (AQŞ) va 2006 yilda Midl Tennessi davlat universitetini (AQŞ) tamomlagan.

Öz vaqtida u Toşkentdagi Vestminster xalqaro universitetida iqtisodiyot masalalari böyiça prorektor va Davlat boşqaruvi akademiyasida prorektor bölib işlagan.

2017-2018 yillarda prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati sektor mudiri bölgan.

Avvalroq, davlat rahbarining 3 oktyabrdagi farmoni bilan Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Prezident devoni huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi etib özgartirilganligi xabar qilingan edi.