“Savdo liberallaştirilgan holatda 0,4-0,5 foiz iqtisodiy ösişga, farovonlikni esa 0,9-1,0 foiz darajasida oşirişga erişiş mumkin”, – deya uning sözlarini keltirmoqda markaz matbuot xizmati.
Obid Hakimov 4 dekabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi ştab-kvartirasida bölib ötgan “Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş: Özbekiston nuqtayi nazari” mavzusidagi brifingda bu borada söz yuritgan.
Hakimovga köra, Özbekiston JSTga a’zo böliş tarafdori va ayni paytda savdo hamkorlarini diversifikatsiya qiliş ustida işlamoqda.
“Aholi farovonligini oşirişda muhim ahamiyatga ega bölgan import bojlarini liberallaştiriş izçil davom etayotganini alohida ta’kidlamoqçiman. Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida ham islohotlar amalga oşirilmoqda, bu yönalişda Özbekiston JST normalari va standartlariga moslaşmoqda, şu jumladan, notarif savdo tösiqlarini qayta körib çiqmoqda”, – dedi Obid Hakimov.
U öz sözida Özbekiston iqtisodiyoti 6 yil içida 53 mlrd dollardan 2022 yilda 82 mlrd dollarga ösgani, aholi jon boşiga YaIM hajmi esa 2018 yildagi 1 604 dollardan 2022 yilda 2 255 dollarga kötarilganini qayd etdi.
Şuningdek, investitsiyalar oqimi 2017 yildagi 3,3 mlrd dollardan 2022 yilda 9,8 mlrd dollargaça oşdi. Eksport hajmi 2017 yildagi 12,6 mlrd dollardan 2022 yilda 19,3 mlrd dollargaça köpaydi. Eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari 1,5 mingtadan 3 mingtaga, eksport geografiyasi – 139 mamlakatdan 164 mamlakatga yetdi, tayyor mahsulotlar eksporti ikki baravar köpaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining özaro savdo hajmi 2,6 baravarga – 2016 yildagi 4,2 mlrd dollardan 2022 yilda 11 mlrd dollarga oşdi, qöşma korxonalar soni esa 5 baravarga köpaydi, deya ta’kidladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.












