Turkiya bo‘ylab 460ta savdo nuqtasi, 130ta Show-room. Jahonning 42 mamlakatida 139ta savdo nuqtasi. Turkiyaning eng nomdor mebel brendlaridan biri endi O‘zbekistonda.
Inson hayotida unutilmas yorqin lahzalar juda ko‘p. Biroq yoshlarning to‘y tantanasi ota-ona va farzandlar, oila yaqinlari hayotidagi eng yorqin lahza desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Weltew home savdo va ko‘rgazmalar uyidan to‘y yoki yangi xonadoningiz, uyingiz uchun mebel xarid qilish ham hayotingizdagi unutilmas, yodda qoladigan onlarni tuhfa etadi.



Mehmonxona, oshxona, bolalar xonasi, yotoqxona uchun ham zamonaviy dizaynda, yangi texnologiyalar vositasida ishlab chiqilgan sifatli mebellar to‘plami kerakmi? Shu bilan birga hamyonbop, nafislik ila hashamat, dabdaba uyg‘unlashib ketgan mebel to‘plamlari qidirayotgan bo‘lsangiz, Weltew home ko‘rgazma zali aynan siz qidirayotgan manzil bo‘lishi mumkin.
Weltew home Turkiyaning Inegol tumanidagi mebel kompaniyalari orasida yetakchisi hisoblanib, uning ishlab chiqarish majmuasi 90 ming kv.m. maydonda joylashgan. Bu yerda yuqori texnologiyali maxsus texnika parklari ham mavjud bo‘lib, 400dan ortiq malakali mutaxassis ishlaydi.


Kompaniya mahsulotlari TUVRheinland GS sertifikatiga ega. Ishlab chiqarish jarayoniga 12 yildirki ISO 9001 sifat menejmenti talablarini joriy qilgan
Weltew home o‘z sohasida yetakchi brend hisoblanadi. Weltew home 1996 yildan buyon eng yangi innovatsiyalar, talablar va xaridorlarning didiga muvofiq mebel ishlab chiqaradi.

























