Jahon | 08:29 / 25.10.2019
2978
2 daqiqa o‘qiladi

Boliviyadagi saylovlarda amaldagi prezident Evo Morales g‘alaba qozondi

Foto: REUTERS

Boliviyaning amaldagi prezidenti Evo Morales 20 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichidayoq g‘alaba qozondi. 

Morales 47,07 foiz ovoz to‘plagan, undan keyingi o‘rinni Karlos Mesa 36,51 foiz ovoz bilan egallagan. 1-bosqichda g‘olib bo‘lish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz yoki o‘zidan keyin kelayotgan raqibidan 10 foizlik farq bilan kamida 40 foiz ovoz to‘plashi kerak edi. Ikki nomzod orasidagi farq 10,56 foizni tashkil qilgan va bu Moralesning g‘olib bo‘lganini anglatadi.

Ovozlarning hisob-kitob qilinishi muxolifat va saylovlarda kuzatuvchilik qilgan Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) tomondan tanqidga uchragan. ADT 2-bosqichni o‘tkazishni tavsiya qilgandi.

Ovozlar hisob-kitob qilinishi vaqtida Boliviyada tartibsizliklarga aylanib ketgan noroziliklar boshlangan. Namoyishchilar saylov sudining joylardagi bo‘limlariga o‘t qo‘yishgan.

Morales 24 oktyabrda o‘zini g‘olib deb e'lon qilgan va raqibi Karlos Mesani jinoyatchi deb atagan. Uning ta'kidlashicha, aynan Mesa sababli mamlakatda tartibsizliklar boshlangan. 

“Hozir davlat to‘ntaruvini amalga orishishga urinish bo‘lmoqda”, deb aytgan Morales va hukumat demokratiyani himoyalash uchun tegishli choralar ko‘rishini qo‘shimcha qilgan.

Morales Boliviya prezidenti lavozimini 2006 yildan beri egallab keladi.

Mavzuga oid