Dafn marosimida Frankoning 22 nafar yaqinigina iştirok etgan. Avvalroq mutaxassislar Madrid yaqinidagi “Uruş qurbonlari vodiysi” majmuasida dafn qilingan Frankoning jasadini eksgumatsiya qilişgan. 44 yil avval diktator dafn etilgan tobutni taşqariga çiqariş uçun qabrning ustidagi 1,5 tonnalik granit plitani kötarişga töğri kelgan.
Jasad qabristonga vertolyotda yetkazilgan. Frankoning yangi qabri 1998 yilda rafiqasi Karmen Polo dafn qilingan sağanada joylaşgan.
Hokimiyat tepasiga 2018 yilda kelgan sotsialistlar hukumati jasadni eksgumatsiya qiliş taklifini ma'qullagan edi. Frankoning qarindoşlari bunga qarşi apellyatsiya bergan, ammo oliy sud ularning da'vosini qanoatlantirmagan.
Diktatorning qabri fuqarolar uruşida halok bölgan 10 minglab kişilar dafn etilgan “Uruş qurbonlari vodiysi” nomli ulkan qabristonda joylaşgan. Madrid yaqinidagi bu mozorni köpçilik faşizmning ğalabasiga atalgan yodgorlik, deb hisoblaydi va u ultra öng qaraşga ega kişilar uçun öziga xos «ziyoratgoh»ga aylangan. Bundan taşqari, Franko jangda halok bölmay, öz ajali bilan vafot etgan.
Franko hokimiyatga 1936-1939 yillardagi fuqarolik uruşi natijalariga köra kelgan. U mamlakatni 1939 yildan vafot etgunga qadar – 1975 yilgaça boşqargan. Uning vafotidan keyin mamlakatda monarxiya tiklangan.
Frankoning ölimidan keyin Ispaniyadagi siyosiy kuçlar Franko davrini ötmişga aylantiriş böyiça kelişuvga erişgan.












