Muzokara söz dastlab prokurorga taqdim etildi. Prokuror muzokara nutqida jinoyat işi fabulasiga töxtalib ötirmadi.

Prokuror: – «Sudlanuvçilarning jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan sodir etgan ayblari inkor etib bölmaydigan dalillar, guvohlar körsatuvlari bilan öz tasdiğini topdi. Dastlabki tergov organi tomonidan E.M., X.Ş., K.J. va D.A.ning ayblari jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan töğri malakalanib huquqiy baho berilgan. Sudlanuvçilarga jazo tayinlaşda ularning aybiga qisman iqrorligi, puşaymonligi, şaxsi, oilaviy holati, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy ahvoli, sudlanmagani hisobga olinişini sörayman.

Yuqoridagilarni hisobga olib, K.J.ga jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan 3 yilga muayyan huqudan mahrum qiliş, 5 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlab, 2016 yil 12 apreldagi Oliy majlis Senatining amnistiya töğrisidagi qarori bilan tayinlangan asosiy jazodan ozod qilişingizni sörayman».

Prokuror suddan boşqa sudlanuvçilarga ham yuqoridagi jinoyat böyiça jazo tayinlaşni va amnistiya asosida asosiy jazodan ozod qilişni söradi.  

Jabrlanuvçi, ya'ni marhum S.Ş.ning onasiga ham söz berildi. Jabrlanuvçi farzandini ayblanayotganlar öldirmagani, bir söz aytişga qiynalişini aytdi.

Şundan söng, muzokara söz navbati advokatlarga berildi.

Advokat – «Jabrlanuvçining vakili sifatida fikrim şuki, jabrlanuvçi S.Ş ning ölimi yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi organlari, ya'ni Navoiy maxsus prokuraturasi tergovçisi V.Utamurodov, Navoiy maxsus prokurori R.Maxamov tomonidan ötkazilgan dastlabki tergov, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tergovçilari S.Maxamatkulov, R.Matxalikov tomonidan ötkazilgan qöşimça protsessual harakatlarni ötkaziş tergov harakatlari bir tomonlama, ya'ni işning haqiqiy holatini yaşiriş, jinoyat sodir etgan şaxslarni jinoiy javobgarlikdan olib qoliş maqsadini közlagan holda olib borilgan deb hisoblayman. Ölim sabablari tergov organi tomonidan atayin foş etilmagan. Mahbus 64/47-sonli koloniyada qiynoqqa solingani, uni urib, döpposlab, elektr toki bilan azob berişgani holatlari yaqqol körinib turgan bölsada, tergov organi uşbu holatlarni foş etiş, jinoyat sodir etgan şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş çoralarini körmagan. Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jabrlanuvçining ölişiga sabab bölişi (JK 104-modda), badanga oğir şikast yetkazilişiga yoxud boşqa oğir oqibatlarga sabab bölişida ifodalangan jinoyatlarni sodir etgan şaxslarning harakatlari (JK 235-modda) jinoiy javobgarlikdan saqlab qolingan. Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işini qözğatiş rad etiş yöli bilan hisobdan yaşirilgan.