Turkiya respublikasining Qiriqqal'a şahrida Özbekiston investitsiya imkoniyatlari  va salohiyatiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Qiriqqal'a savdo-sanoat palatasi hamda Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi tomonidan taşkil etilgan tadbirda turk tadbirkorlariga Özbekistonda biznes yuritiş imkoniyatlari haqida hikoya qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.  

Tadbirdan avval elçi Alişer A'zamxöjayev Qiriqqal'a gubernatori Yunus Sezer bilan uçraşdi. Unda Özbekiston-Turkiya munosabatlarini yangi bosqiçga kötarişda hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Söngra, şahar hokimi Mahmud Saygili bilan muzokaralar bölib ötdi. Tadbir avvalida Qiriqqal'a savdo-sanoat palatasi rahbari Ahmad Varli bilan Turkiyaning harbiy sanoati rivojlangan mintaqasida faoliyat yurituvçi turk tadbirkorlarini Özbekistonda biznes yuritişga jalb etiş masalalari ham atrofliça muhokama qilindi. 

Tadbirni ötkazişdan maqsad, Özbekistonning investitsiyaviy, savdo va madaniy, turizm salohiyatini ilgari suriş bölib, unda Qiriqqal'a viloyati hokim örinbosari, elektrotexnika, maşinasozlik, tekstil, turizm, qişloq xöjaligi va şaharsozlik sohalarida faoliyat yurituvçi yirik tadbirkorlar ham iştirok etdi. 

Iştirokçilar Özbekistonning savdo va tadbirkorlik sohasidagi qonunçilik hamda boşqa yönalişlarida amalga oşirilayotgan islohotlar, madaniy-gumanitar salohiyati haqida taniştirildi. Özbekiston taqdimotida turk tadbirkorlari Özbekiston erkin-iqtisodiy hududlariga taşrif buyuriş istagini bildirişdi. 

Bundan taşqari, Özbekistondagi şart-şaroitlar yuzasidan tadbirda iştirok etgan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Şu jumladan, Özbekistonda işlayotgan, biroq ayrim muammolarga duç kelayotgan turk tadbirkorlarining murojaati tinglanib, muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli çoralar körilişi va yordam berilişi ma'lum qilindi.