Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi konsullik röyxatida turuvçi özbekistonliklarning umumiy soni 3700 kişini taşkil etadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 25 oktabr kuni bölib ötgan seminarida ma'lum qildi.

Taşqi işlar vazirligiga köra, seminarda Özbekistonning AQŞ va Kanadadagi elçisi Javlon Vahobov Amerika Qöşma Ştatlari hududida ikkita saylov uçastkasi – Vaşington şahridagi elçixonada 12-son va Nyu-York şahridagi Boş konsulxonada 33-son saylov uçastkalari taşkil etilganligi töğrisida axborot berdi. Ikkala uçastka saylov komissiyalarining tarkibi şakllantirilgan.

Qayd etilişiça, diplomatik vakolatxonalar tomonidan AQŞ va Kanada hududida vaqtinça yoki doimiy yaşaydigan Özbekiston fuqarolari örtasida saylovçilar röyxatini şakllantiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Diplomatik missiya bergan ma'lumotga köra, hozirgi paytda konsullik röyxatida turuvçi Özbekiston fuqarolarining umumiy soni 3700 kişini taşkil etib, ularning 740 nafari Vaşington şahridagi Özbekiston elçixonasida va 2960 nafari esa Nyu-York şahridagi Boş konsulxonada konsullik röyxatiga olingan.

Bölajak parlament saylovida saylov uçastkalaridan uzoqda yaşovçi vatandoşlarning faol iştirokini ta'minlaş uçun Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan diaspora taşkilotlari, jumladan Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi (Nyu-York şahri), AQŞ va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi (Nyu-York şahri), Katta Filadelfiyadagi özbekistonliklar hamdöstligi (Pensilvaniya ştati), «Vatandoş» taşkiloti (Pensilvaniya ştati), Çikago şahridagi Özbekiston-Amerika assotsiatsiyasi (Illinoys ştati), Atlantadagi özbek jamiyati (Jorjiya ştati), Amerika davlatlaridagi Özbekiston yoşlar assotsiatsiyasi (Vaşington şahri) va özbekistonliklarning boşqa birlaşmalari bilan birgalikda tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Bölajak saylovida AQŞning nufuzli xalqaro kuzatuvçilari iştirok etişini ta'minlaş uçun elçixona Özbekiston Senati rahbariyati bilan birgalikda Vaşington şahrida AQŞ kongressmenlari, siyosiy arboblari va nohukumat taşkilotlarning ekspertlari iştirokida qator brifinglar ötkazilib, hamkorlarga saylovga tayyorgarlik körişning borişi, Özbekistonning saylov qonunçiligidagi yangiliklar va saylov şaffofligini ta'minlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ma'lumot berildi.