Özbekiston Respublikasi boş prokurorining birinçi örinbosari Erkaboy Tojiyev Qaşqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati rahbariyatining «törtligi» işdan olinişi ma'lum qilingandi. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qaşqadaryo viloyati prokurori sifatida işlab kelayotgandi.

Kun.uz Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov bilan boğlanib, uşbu tayinlovga oydinlik kiritişni söradi. U bu ma'lumotni hozirça rasman tasdiqlamadi va, öz navbatida, inkor ham etmadi.

Ma'lumot örnida: adliya katta maslahatçisi Erkaboy Tojiyev Boş prokuratura boşqarma boşliği, Toşkent viloyati prokurorining birinçi örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori vazifalarida işlagan. 2017 yilning 14 noyabrida boş prokurorning örinbosari etib tayinlangan, 2018 yil 21 fevralida birinçi örinbosarlikka kötarilgan edi. U Özbekiston prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.