Qaşqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boşliqlari işdan olinişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Uşbu törtta sektor rahbarining örniga kimlar tayinlanişi haqida hozirça işonçli ma'lumot yöq. Bugun Qaşqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari iştirokida viloyat faollarining yiğilişi ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, taşkiliy masalalar körilişi kutilmoqda.

Şuningdek, yiğilişda Qarşi şahri, Çiroqçi va Mirişkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham körib çiqilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Zafar Röziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qaşqadaryo viloyat hokimi lavozimida işlab kelmoqda. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qaşqadaryo viloyati prokuroridir. Dilşod Tursunboyev 2016 yil 22 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati IIBning boşliği etib tayinlangan bölsa, Ravşanjon Nasimov 2019 yil 12 mart kuni Qaşqadaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimini egallagan.

Manbalar: Qaşqadaryo viloyatidagi rahbarlar tuzilmasida özgarişlar bölişi kutilmoqda