Raddiya – Bodi kameralar uchun shubhali tender haqidagi maqola bo‘yicha

2019 yil 1 avgust kuni Kun.uz sayti orqali jurnalist Zafar Solijonovning «Bodi kameralar bo‘yicha shubhali tender. Unda yutib chiqqan kompaniyaning AQShdagi dala hovliga qanday aloqasi bor?» sarlavhali maqolasi e'lon qilingan edi.
Mazkur maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z munosabatini bildirgan. Bundan tashqari, «Infinecom» LLC (MChJ) kompaniyasi tahririyatga murojaat qilib, maqolada haqiqatga mos kelmaydigan hamda tashkilotning sha'ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga zarar yetkazuvchi ma'lumotlar mavjudligi sababli raddiya berishni so‘ragan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni inobatga olgan holda, Kun.uz tahririyati «Infinecom» LLC (MChJ) kompaniyasining Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolada haqiqatga mos kelmaydigan hamda tashkilotning sha'ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga zarar yetkazuvchi ma'lumotlar mavjudligi munosabati bilan raddiya berish haqidagi talabini asosli deb hisoblaydi.
Zero, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e'lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha'ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma'lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.
Shu munosabat bilan Kun.uz saytida 2019 yil 1 avgust kuni e'lon qilingan «Bodi kameralar bo‘yicha shubhali tender. Unda yutib chiqqan kompaniyaning AQShdagi dala hovliga qanday aloqasi bor?» nomli maqolaga raddiya e'lon qilinadi va maqola sayt sahifalaridan o‘chiriladi.
Kun.uz internet nashri tahririyati
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning vakili Moskvada. Kremldagilar vaqtincha sulhga rozi emas
Jahon | 20:02
-
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?
O‘zbekiston | 19:54
-
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
Jahon | 19:15
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

10:31 / 11.01.2020
Tez tibbiy yordam xodimlarini bodi kameralar bilan ta'minlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari boshlandi

14:13 / 02.09.2019
Ichki ishlar vazirligi bodi kameralar uchun tender haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

23:16 / 03.07.2019
YPX xodimlari qachondan boshlab bodi kamera bilan jihozlanishiga aniqlik kiritildi - Hukumat qarori

22:45 / 03.07.2019