Islom Karimov bu avtomobillardan 1989-2016 yillarda foydalangan.
Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasida Islom Karimov foydalangan avtomobillar körgazmasi taşkil etildi.
ÖzA axborot agentligining ma'lumot berişiça, Islom Karimov bu avtomobillardan 1989-2016 yillarda foydalangan. Körgazmaga bir neçta avtomobil qöyilgan.
Agentlikning qayd etişiça, körgazmaga xohlovçilar taşrif buyurişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasi 2017 yil 25 aprelda oçilgan. Majmua muzey, ilmiy-tadqiqot va ma'rifiy markaz, kutubxona va öquv zali hamda anjumanlar zalini öz içiga olgan.















