Özbekistonning Rostov-Don şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi xodimlari Astraxanda bölib turgan 25 nafar özbekistonlikka yordam berişdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilgan.
Qayd etilişiça, konsul Xöjabahlil Asamov özbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar Özbekiston fuqarolarining pasportlari iş beruvçi tomonidan olib qöyilgani va iş haqi tölanmagani töğrisida ma'lumot olib Xarabali tumaniga borgan.
Körilgan çoralar natijasida hujjatlar qaytarildi, iş haqi tölandi, hamyurtlarimiz esa vatanga yuborildi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Şimoliy Kavkaz federal okrugi (Doğiston Respublikasi, Inguşiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qoraçoy Çerkasiya Respublikasi, Stavropol ölkasi, Çeçeniston Respublikasi, Şimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar ölkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda mamlakatning Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi: +7-863-285-50-57.












