Özbekistonda xalq ta'limi boşqarmalari va bölimlaridagi “metodist” lavozimi örniga “mentor” lavozimi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning “Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimi töğrisida”gi qarori loyihasida aytilgan.
Hujjatga köra:
respublika ta'lim markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari, şuningdek, tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlaridagi umumta'lim fanlari böyiça “metodist” lavozimi örniga “mentor” lavozimini joriy etiş;
xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça hududiy markazlar tuzilmasidagi metodik xizmat bölimlarini hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari huzuridagi tumanlararo umumta'lim muassasalarini metodik ta'minlaş markazlarini tugatgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalarining mentorlik xizmati bölimlarini, şuningdek, tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlarining mentorlik xizmati şö'balarini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar xalq ta'limi xodimlarining uzluksiz ta'limini taşkil etiş böyiça mentorning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
xalq ta'limi xodimlarini kasbiy rivojlanişini ta'minlaş maqsadida tayanç maktablar negizida malaka oşiriş tadbirlarini (kurslar, öquvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, tajriba almaşiş darslari) taşkil qiliş;
ta'lim jarayonida ilmiy, pedagogik, psixologik, didaktik va metodik usullardan foydalanişidagi böşliqlarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş yuzasidan pedagoglarga amaliy yordam körsatiş;
ta'lim jarayoniga öqitişning zamonaviy ilğor şakllari, metodlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy etişda ta'lim muassasalari rahbar va pedagoglarga kömaklaşiş;
maktab rahbarlari va öqituvçilarga maktabda samarali ta'lim-tarbiya jarayonini taşkil qiliş va ta'lim sifatini oşiriş borasida metodik maslahatlar va yöl-yöriqlar beriş;
maktab rahbarlari va öqituvçilarining şaxsiy va kasbiy rivojlanişlariga metodik yordam körsatiş, ularni litsenziyalaş jarayonlariga tayyorgarligini ta'minlaş böyiça tadbirlarni amalga oşiriş.












