Yurtimizga inson ruhiyatiga kuçli ta'sir qiluvçi va mamlakatda muomalasi çeklangan dori vositalarining noqonuniy olib kirilişga bölgan urinişlarga qarşi bojxonaçilar tomonidan keskin kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi va Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari DXX Davlat çegaralarini himoya qiliş qömitasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida “tramadol” dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.
Tezkor tadbir davomida, Keles şahri markaziy stadioni yaqinida turgan “Matiz” rusumli transport vositasi yoniga tezkor guruh xodimlari yaqinlaşganida, haydovçi ularni payqab qolib, avtomaşinasidagi qutini yerga uloqtirib, qoçişga urinadi.
Tadbir davom ettirilib, haydovçi töxtatildi. Aniqlanişiça, fuqaro X.Ş. uloqtirgan qutida jami 39 480 dona “Tramadol lannaxer 50 mg.” dori vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












