Kun.uz tahririyatiga kelgan murojaat bilan tanişiş davomida dastlab voqeaga biroz şubha ham paydo böldi. Çunki, XXI asrda, qonun-qoidalar bilan (kuç bilan emas) boşqariladigan mamlakatda fuqaro boşqa bir fuqaroning mulkini tortib olib bino qurişiga işoniş qiyin-da.
Ammo örganişlar Samarqandda aslida ham xuddi şunday voqea bölganini körsatmoqda.
Bino egasi Vahob Vohidovning vakili Munira Vohidova murojaatda zöravonlik holati haqida bayon qilgan.
«Samarqand şahridagi Al-Xorazmiy köçasida joylaşgan qahvaxonaga 2016 yildan beri qonuniy egalik qilib kelamiz. Men safarda bölgan vaqtimda, 2018 yil dekabr oyida T.M. tomonidan özboşimçalik bilan avvaliga binomizning atrofi kavlab taşlanib işlab bölmaydigan holatga keltirildi. Keyin töliq buzib taşlandi.
Kelib öşa buzgan odamni topib gaplaşsam, avvaliga «binoni qayta qurib beraman», dedi. Keyin esa binomiz örnidan qurilgan mehmonxonasidan joy berişini aytdi. Birovning mulkini tap tortmay buzib egallab olgan odam harholda uning binosi içida tinç işlagani ham qöymasligi tayin. Şu sababdan bunga könmadim.
T.M. esa qayerga murojaat qilsam, kelgan vakillarga «örniga bino qurib berdim», deb kelmoqda. Axir, qonunçiligimizda istagan odamning mulkini buzib, örniga buzgan odam xohlagan joydan bino taklif qiliş yoki «tölaydigan pulim yöq», deb turib olişi mumkinmi? Bu zöravonlik emasmi?! Men rozi emasman-ku u taklif qilgan joyga?», — demoqda Munira Vohidova.
Bino egasining najot sörab Samarqand şahar içki işlar idoralariga yozgan arizasi örganilib, jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli jinoyat işi qözğatişdan rad qiliş qarori qabul qilingan.
Holbuki, bu xatti-harakat Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hartugul, Samarqand şahar prokuraturasi IIBning qarorini tergovga qadar tekşiruv harakatlari töliq ötkazilmagani, qaror şoşma-şoşarlik bilan qabul qilinganini bildirib, u qarorni bekor qilgan. Prokuratura tomonidan iş hujjatlarini qöşimça örganiş uçun qayta IIBga yuborilgan.

Fuqaroning murojaati Samarqand şahar hokimligi tomonidan ham örganilgan. Hokimlik javob xatida haqiqatan ham T.M. tomonidan birovning mulki buzib taşlangani tasdiqlanib, buzilgan imorat yil yakuniga qadar T.M. tomonidan qayta tiklab berilişi kafolatlanadi, deyilgan. Ammo «qayta tiklab berilişi kafolatlangan» bino örnida hozir T.M. qurgan mehmonxona qad kötarib turibdi.


















