Oktabr oyi hali tugamagan bölsa-da, biroq hozir u juda quruq oy, respublika hududining katta qismida esa Özbekistondagi meteorologik kuzatuvlar davridagi eng quruq oylardan biri böldi, deb aytiş mumkin.

«Özgidromet»ning yozişiça, deyarli butun oy davomida respublikada kam bulutli, quruq va şamolsiz ob-havo kuzatildi. Faqat ayrim kunlarda ba'zi joylarga yomğir yoğib, ular asosan kuçsiz va qisqa muddatli böldi.

Özbekistonda oktabr oyining quruq kelişi kuzatilib turadi, ayniqsa bunday holatlar oxirgi yillarda tez-tez takrorlanmoqda. Agar avval oktabr oyidagi yoğinlar miqdori me'yordan 30 foizni taşkil qiladigan holatlar tört yilda örtaça bir marta takrorlansa, 2000 yildan boşlab ular 3 yilda 1 marta kuzatilmoqda.

Harorat rejimi böyiça bu yilgi oktabr oyi odatdagidan 1-2 darajaga iliqroq böldi, haroratning keskin özgarişlari deyarli kuzatilmadi. Faqat oy örtasida harorat birdan 15-20 darajagaça pasayib sovuq tuşdi. Eng iliq kunlarda esa havo 23-28 darajagaça, ayrim joylarda 30 darajagaça isidi.

Faqat tonggi salqin oktabr kuzning örtasi ekanini eslatib turdi. Sovuq tuşgan vaqtda keçasi va tongda harorat 4-7 darajagaça tuşdi, şimoliy hududlarda esa ilk kuzgi ayoz kuzatildi.

Noyabr — kuzning sönggi oyi, va bu oyga odatda haroratning keskin özgarib turişi xosdir. Noyabr oyining örtaça harorati oktyabrga nisbatan 5-7 darajaga past. Yoğinlar köproq yoğib, ular davomiy va kuçli böladi. Noyabrda yomğirning qorga aylaniş holatlari ham bölib turadi. Toğli hududlarda ayrim joylarda birinçi qor qoplami şakllanadi, lekin köpinça u beqaror böladi.

«Özgidromet»ning jahon ob-havo markazlari ma'lumotlariga tayanib berayotgan dastlabki bahosiga köra, bu yilgi noyabr oyi ham harorat, ham yoğinlar rejimiga köra me'yorga yaqin böladi.

Oy davomida harorat keçasi 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqaça (ayrim joylarda 0-3 daraja sovuq bölişi mumkin), kunduzi 20-25 daraja iliqdan 8-13 daraja iliqqaça özgarib turadi.

Noyabrning birinçi kunlari Özbekiston hududida nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Bulutlar köpayib, 1 noyabr kuni respublikaning ayrim joylariga yomğir yoğişi mumkin. 2 noyabrda yoğingarçiliksiz ob-havo böladi.

3 noyabrdan Özbekiston hududiga Rossiya hududidan sovuq va nam havo oqimi kirişni boşlaydi. Respublikada yomğir yoğib, şamolning tezligi kuçayadi. 3 noyabrda şimoliy viloyatlarda, 4 noyabrda butun hudud böyiça harorat 7-10 darajaga pasayadi.