Yevropa janubiy observatoriyasi astronomlari Quyoş tizimida yangi Gigeya mitti sayyorasi mavjudligini aniqlaşdi.
Qadimgi greklarning salomatlik ma'budasi şarafiga Gigeya deb nomlangan sayyora Quyoş atrofida aylanadigan Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar belboğida joylaşgan. Mitti sayyoraning diametri 430 km atrofida.
Gigeyani birinçi bölib italiyalik astronom Annibale de Gasparis 1849 yilda aniqlagan bölsa-da, u bugunga qadar rasman asteroid deb hisoblab kelinardi.
Gigeya asteroidlar belboğidagi eng yirik obekt emas. U kattaligi jihatidan Tserera (950 km), Vesta (525 km) va Palladadan (512 km) keyingi örinda turadi.
XIX asr boşlariga qadar ularning uçovi ham haqiqiy sayyora deb hisoblab kelingan, ammo keyinçalik asteroid deb topilgan.
Sayyora deb hisoblanişi uçun samoviy jism bir neçta şartlarga töğri kelişi kerak:
quyoş atrofida orbita böylab aylanişi;
boşqa sayyoraning yöldoşi bölmasligi;
dumaloq şaklni saqlab turiş uçun yetarliça gravitatsiyaga ega bölişi;
orbitasini boşqa kiçik jismlardan tozalaş uçun yetarliça vaznga ega bölişi kerak.
Agarda dastlabki uçta şart bajarilsa, sayyora mitti deb hisoblanadi.












