Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boşqaruvçilar kengaşi Argentinaning doimiy vakili Rafael Grossini agentlik yangi boş direktori etib tayinladi.
Iyul oyida XAEA boş direktori, 2009 yildan beri agentlikka rahbarlik qilib kelgan Yukiya Amano vafot etgani ma'lum böldi. Uning ölimidan söng, Ruminiyaning uşbu taşkilotdagi sobiq vakili Kornel Ferutse XAEA boş direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
XAEA boş direktorini taşkilotning boşqaruv kengaşi tayinlaş vakolatiga ega. Şundan keyin nomzod Boş konferensiya tomonidan ma'qullanadi, unda taşkilotga a'zo barça davlatlar qatnaşadi.
Ovoz berişda tört nafar nomzod iştirok etdi: Grossi va Ferutse, şuningdek, Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkilotining tayyorlov komissiyasi ijroçi kotibi Lassina Zerbo hamda Slovakiya vakili Marta Jakova. Duşanba kuni boşlangan boş direktorni saylaşning oxirgi bosqiçiga Ferutse va Grossi çiqdi. Ğolib böliş uçun nomzod ovozlarning uçdan ikki qismini olişi kerak edi.












