Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov 30 oktabr kuni Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasida vazirlikning joriy yil 9 oyidagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Majidovga köra, oliy ta'lim muassasalariga kvotalarning 30 foizi davlat buyurtmasi ─ grant hisoblanadi. Grant asosida tahsil olgan bitiruvçilar 3 yil davomida öz sohasida faoliyat yuritiş majburiyatini olişi belgilangan. Ammo, şunga qaramay, hududlarda kadrlar yetişmovçiligi kuzatilmoqda.

«Biz grant asosida tahsil olgan bitiruvçilarni şu soha mutaxassisiga ehtiyoj yuqori bölgan hududga yuborişimiz mumkin. Ammo uning yaşaşi uçun şaroit yaratişni böynimizga ololmaymiz. Bu – iş beruvçi bilan boğliq masala. Turar joyi, işga qatnaydigan masofasi, yaşaş şaroiti olayotgan oyligiga nomutanosib bölsa, kadrlarning ham u yerda qolgisi kelmaydi.

Bu masala bilan mahalliy hokimliklar şuğullanişi kerak. Idoraviy uylardan yoş mutaxassislarga joy ajratilsa, şaroit qilib berilsa, balki u öşa yerda qolib işlaşi mumkin», ─ deydi Inomjon Majidov.

Vazirning qöşimça qilişiça, har yili Iqtisodiyot vazirligi tomonidan hududlarda qaysi soha xodimlariga qança ehtiyoj borligi örganiladi, şundan kelib çiqqan holda OTMlar uçun kvota belgilanadi. Ammo mavjud ehtiyojning barçasini qoplaydigan darajada kvota oçiş imkonsiz.

Yiğilişda sözga çiqqan senator Şohida Oripovaning ta'kidlaşiça, hududlarda kadrlar taqsimoti böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida çuqur tahlilning yöqligi bois kadrlar yetişmovçiligi bilan bir vaqtda bitiruvçilarning işsiz qolişi ham kuzatilmoqda.

«Nafaqat oliy ta'lim muassasalari, örta ta'limda ham qançalab mutaxassis tayyorlanadi. Bir tomonda kadr yetişmayapti, bir tomonda qançalab hamşira, pedagog işsiz qolgan. Bularning hammasi çuqur tahlilning yöqligi bilan boğliq», ─ deydi senator.

Eslatib ötamiz, sentabr oyida Senatning ayni şu qömitasi majlisida söz olgan Mehnat vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqov yoş şifokorlarga qişloqlarda tekin uy-joy berişni taklif qilgan edi.