Bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlaş maqsadida tovarlarning taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini notöğri qöllaşga oid holatlarga qarşi bojxonaçilar samarali kuraş olib borişmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilişi holatlariga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi qinğirlik foş etildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ya'ni, poytaxtda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, böyalgan matolar tovari deklaratsiyada körsatilgan omborga emas, boşqa omborda saqlanayotgani bojxonaçilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi.

Tekşiruv davomida, konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritiş boşqarmasiga holatga oydinlik kiritiş uçun jönatildi.

Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda körsatilganidek böyalgan matolar tovari emas, balki, sinel matolar saqlanayotgani ma'lum böldi.

Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard sömlik tovarlar vaqtinça saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonaçilar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.