Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
Matbuot anjumanida Içki işlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Şohrux Ğiyosov, vazirlik Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi rahbariyati va boşqa mas'ul xodimlari, şuningdek, respublika va xorijiy OAV vakillari iştirok etdilar.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, kunning tiğiz avtoulov signalini haydovçilar tomonidan sababsiz çalinişi böyiça holatlar doimiy ravişda nazorat qilib kelinmoqda.
Bildirilişiça, bu iş samaradorligini oşiriş maqsadida tarğibot işlari kuçaytirilmoqda. Joylarda signal çalişning zararli oqibatlari aks ettirilgan eslatma va bukletlar, bannerlar çiqarilib avtomobil yöllarining körinarli joylariga örnatilyapti.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, 2019 yilning ötgan 9 oyi davomida sababsiz avtomaşina signalini çalgan 15 mingdan ortiq haydovçiga nisbatan ma'muriy tartibda çora körilgan.












