31 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy taşrif bilan bölib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevni qabul qildi.
Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli sönggi yillarda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari jadal sur'at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Nikolay Patruşev, öz navbatida, Özbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uçun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlikka oid, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş istiqbollari muhokama qilindi.
Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik qiliş, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy şeriklikni kengaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

















