Xabaringiz bor, Özbekiston milliy terma jamoasi 2 noyabr kunidan Toşkentda yiğin boşlab, JÇ-2022 saralaşi doirasidagi Saudiya Arabistoni va Falastin terma jamoalariga qarşi muhim bahslarga tayyorgarlik köradi.

Yiğin doirasida Vadim Abramov şogirdlari 9 noyabr kuni poytaxtimizdagi «Paxtakor» stadionida Qirğiziston terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida ham maydonga tuşadi. Milliy terma jamoamiz yiğini oldidan Tribuna.uz muxbiri bugun boş jamoamiz ustozi bilan suhbatlaşib, terma jamoa tarkibidagi özgarişlar bor yoki yöqligi va ketma-ket öyinlarda gollar urayotgan Sardor Raşidov borasida Vadim Abramovning fikri bilan qiziqdi.

- Ertaga, 2 noyabr kunidan Toşkentda yiğinni boşlaymiz, deya söz boşladi Vadim Karlenoviç.

Milliy terma jamoa tarkibida hozirça özgarişlar yöq – oldinroq taklif etilgan futbolçilar jamlanişadi. Çaqiruv olgan futbolçilar qanday holatda yetib keladi ertaga bilib olamiz. Umid qilamanki, barça terma jamoa ixtiyoriga şay holda keladi.

- Sardor Raşidov tobora sport formasini tiklamoqda: Qatar çempionatida ketma-ket öyinlarda gollar urdi. Raşidovning milliy terma jamoadan çaqiruv oliş imkoniyati qay darajada?

- Sardor Raşidovning natijalaridan xabarimiz bor. Umid qilamizki, u mana şunday öynaşda davom etadi. Tabiiyki, gollar urişda davom etsa, Sardorni kelasi yiğinda terma jamoaga çaqiramiz va imkoniyat beramiz. Bu safargi yiğin uçun esa kengaytirilgan tarkibni e'lon qilib böldik.

- Raşidovning taklif olmagani terma jamoa hujum çiziğidagi raqobat bilan boğliqmi?

- Xuddi şunday. Ayni damda terma jamoa hujum çiziğida töp surişga munosib nomzodlar bor. Sardor Raşidov esa klubi safida endi özini körsatişni boşlamoqda. Bunday pallada uni bezovta qilmay, yanada yaxşi formaga kirişini kutganimiz ma'qul.

- Uning öyinlarini kuzatib borayapmizmi?

- Oxirgi gollarini qanday urganligini tomoşa qildim. U sönggi örinlarda borayotgan klubiga imkonqadar yordam berişga, sport formasini tiklaşga urinmoqda. Terma jamoa eşiklari hamma uçun oçiq - Sardor özini körsatişda davom etsa, keyingi yiğinlarda albatta, uni ham çaqiramiz.

Usmon Ibodov suhbatlaşdi.