«Tarixida hali yozib tugatilmagan sahifalari mavjud bölgan xalq baxtlidir», degan edi şotlandiyalik tarixçi va faylasuf Tomas Karleyl. Xalqimiz özining boy va faxrlansa arzigulik tarixiga ega. Ötmişimizni xolisona örganiş uçun ilmiy manbalarimiz esa, yanada yetarli.

Vatan tarixçilari oldida turgan galdagi vazifalardan biri birlamçi mötabar manbalarimiz asosida yurtimizning haqqoniy tarixini yoritişdir. Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 mayda qabul qilingan «Qadimiy yozma manbalarni saqlaş, tadqiq va tarğib qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2995-sonli qarori bu sohadagi işlarni jonlantiriş uçun muhim omil böldi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri sifatida «Tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qölyozma bölsa ham, ularni töplab, xalqimizni, yoşlarimizni taniştiriş, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatiş, farzandlarimizni şu uluğ merosga munosib etib tarbiyalaş» ekanligini körsatib ötdi (Mirziyoyev Ş. «Milliy taraqqiyot yölimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqiçga kötaramiz». Toşkent: «Özbekiston», 2017. 471-bet.).

Özbekiston insoniyat sivilizatsiyasi beşiklaridan hisoblanadi. Bunga Vatanimiz hududidan topib örganilgan qadimiy şaharlarimiz yaqqol guvohlik qilib turibdi.

Farğona vodiysi xususan, Namangan viloyatida özining yuksak tarixiy qiymatiga ega bölgan köplab yodgorliklar mavjud. Bularning içida Axsikent alohida örin tutadi. Qadimşunos olimlar tomonidan «Farğona Afrosiyobi», deya ta'rif berilgan Axsikent Farğona vodiysidagi eng yirik arxeologik yodgorlik hisoblanadi.

Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 2 noyabrida Namangan viloyati saylovçilar vakillari bilan bilan uçraşuvdagi nutqida viloyatdagi arxeologik va me'moriy yodgorliklar haqida özlarining quyidagi fikrlarni bildirib ötgan edi: «...Bu diyordagi maşhur Axsikent, Munçoqtepa, Ayritom, Muğtepa kabi me'moriy yodgorliklar ötmişda uşbu hududda öziga xos sivilizatsiya va boy madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi».

Manzilgohni qazib örgangan qadimşunos olimlar manbalarga tayangan holda şaharning paydo bölişini taxminan miloddan avvalgi III asrlarga töğri kelişi ma'lumotini berişgan.

Axsikent - yozma manbalarining guvohlik berişiça, Farğona vodiysidagi eng qadimgi poytaxt va şahar hisoblanadi. Şahar örta asrlarda özbek davlatçiligi tarixida muhim örin tutib, juda köp saltanatlar uçun poytaxt vazifasini ötagan. 1621 yilgi kuçli zilzila oqibatida esa vayron bölgan va qayta tiklanmagan.