Uçraşuv davomida ikki mamlakat mudofaa idora rahbarlari mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilib, xalqaro tinçlikni ta'minlaş borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratdilar, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Muzokaralar davomida oliy harbiy ta'lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlaş hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oşiriş va soha sifatini yanada mustahkamlaş yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan söng Hindiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuçlar akademiyasiga taşrif buyurdi.

Delegatsiya akademiya tarixi muzeyi va öquv-moddiy bazasi, şuningdek u yerda yaratilgan şaroilar, obektlari, infratuzilmasi va öquv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanişdi. Qurolli Kuçlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boşqaruv kolleji örtasida örnatilgan videokonferens aloqa uşbu taşrifning muhim voqeasi böldi.

Ikki davlat mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirişning, harbiy ta'lim, ilm sohasida tajriba va axborot almaşuvning keng imkoniyatlarini körsatdi.













