Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida havo ifloslanishi sababli shaxsiy mashinalar harakati cheklandi
Shahar hokimiyatining bildirishicha, ikki hafta davomida har kuni 1,2 million dona avtomobil shahar ko‘chalarida harakatlana olmaydi.
Dehlida havoning me'yordagidan to‘qqiz baravar ko‘p ifloslanishi sababli shaharda shaxsiy avtomobillar harakati cheklandi.
Davlat raqami juft raqamlar bilan tugaydigan mashinalar toq kunlarda shaharda yura olmaydi va aksincha, “toq” raqamli mashinalar juft kunlarda harakatlana olmaydi.
Shahar hokimiyatining bildirishicha, ikki hafta davomida har kuni 1,2 million dona avtomobil shahar ko‘chalarida harakatlana olmaydi.
BBC xabariga ko‘ra, Dehlining ko‘plab tumanlarida yakshanba kuni havoning sifati «xavfli» darajaga kelib qolgan. Bu esa nafas yo‘llari kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Hukumat aholini uydan chiqmaslikka chaqirmoqda. Shaharni qalin smog qoplagan, maktablar yopilgan, 30dan ortiq parvozlar boshqa shaharlarga yo‘naltirilgan, qurilish ishlari to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026