TIQXMMI rektori global konfederatsiya ijro qo‘mitasi a'zosi etib saylandi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) delegatsiyasi 2019 yilning 28 oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida global konfederatsiyaning bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ushbu bosh assambleyada TIQXMMIning qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyalari Global konfederatsiyasi (GCHERA)dagi ko‘p yillik faol mehnatlarini inobatga olib, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining rivojlantirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi universitetlari (CASCADE) konsorsiumi raisi, TIQXMMI rektori Umurzakov O‘ktam Pardayevich O‘zbekiston Respublikasi va konfederatsiya tarixida ilk bor GCHERA’ning Ijro qo‘mitasiga 4 a'zodan biri sifatida saylandi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti joriy yilning sentabr oyida o‘zbek oliy ta'lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib XXRning Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (ShG‘QO‘XU) raisligidagi Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta'limi va ilmiy innovatsiyalar Alyansiga a'zo bo‘lgandi.
TIQXMMI delegatsiyasi 2019 yilning 30 oktyabrida ShG‘QO‘XU joylashgan Yanling shahriga qilgan safari chog‘ida muzokaralarni davom ettirib, ilmiy tadqiqot institutlari, o‘quv laboratoriyalari, universitet muzeyi hamda tajriba uchastka va stansiyalarini masofaviy monitoring markazi bilan yaqindan tanishdi.
Muzokaralar davomida TIQXMMI o‘quv tajriba xo‘jaligi qoshida «Xitoy-O‘zbek Suv tejovchi qishloq xo‘jaligi ilmiy texnologik parki»ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ushbu ilmiy texnologik park Markaziy Osiyoda Xitoy-O‘zbek hamkorligining ilk modeli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari, innovatsiya hamda ishlanmalarni tatbiq etish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Yaqindagina tasdiqlangan 2020-2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida hamda 2019 yilning 6 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning pirovard masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, yerlar, ekin maydonlari va o‘rmon massivlari holatini ishonchli baholash maqsadida kosmik zondlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha muhim masalalar belgilab olindi.
Joriy yilning 31 oktabr kuni Pekin shahrida GIS dasturiy mahsulotlari va texnologiyalari Xalqaro konferensiyasi (GTC 2019 – GIS Software Technology Conference) doirasida SuperMap International kompaniyasi Geografik axborotlar jamiyati Xitoy Assotsiatsiyasi va Xitoy Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda Xalqaro forum tashkil etdi. Shu kuni TIQXMMI rektori, professor Umurzoqov O‘ktam Pardayevich, CASCADE Ijrochi kotibi, professor Po‘latov Alim Salimovich va SuperMap Software Vitse prezidenti, xonim Du Chinge (Mrs. Du Ginge) o‘rtasida tantanali ravishda hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Imzolangan hamkorlik shartnomasi TIQXMMI va CASCADE Konsorsiumiga O‘zbekiston Respublikasi hamda Markaziy Osiyoda SuperMap dasturlarining birinchi lisenzion foydalanuvchilari bo‘lib, talabalar, magistrantlar, doktorantlarga, shuningdek vazirlik va qo‘mitalarning mutaxassislari malakalarini oshirishda dars jarayonlarini ushbu platformada olib borish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
12:00 / 09.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
13:15 / 06.06.2024
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi
14:00 / 25.10.2023
Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi
19:21 / 08.11.2022