3776 metrlik vulqon toği yaxşi ob-havo şaroitida 100 kilometr uzoqlikdagi Tokio şahridan ham körinib turadi.

Toğlar va uning atrofidagi gözal tabiiy landşaft turistik obekt sanalişi bilan birga, buddizm va sintoizm dinlari uçun muqaddas qadamjo hamdir. Toğ çöqqisida sintoizm ibodatxonasi, meteostansiya va poçta bölinmasi joylaşgan.

Fuji atrofi milliy boğga aylantirilgan bölib, hududda 33ta madaniy va tarixiy yodgorliklar mavjud. Toğning özi YuNeSKOning butunjahon tabiiy merosi röyxatiga kiritilgan.

Sayyoradagi eng gözal vulqon toğlaridan biri sanaluvçi, deyarli ideal konus şaklidagi Fudziyamada oxirgi marta bundan 300 yilça oldin vulqon otilgan. Olimlar vulqon yaqin vaqt içida uyğonmasligini işonç bilan ta'kidlaşadi.

Fujiga har yili taxminan 200 ming nafar sayyoh keladi, ulardan 30 foizi – xorijliklardir. Şu jumladan, xizmat safari bilan Yaponiyada bölib qaytgan Kun.uz muxbiri ham yapon xalqi uçun özgaça qadrli makonda guvohi bölgan manzaralari tasvirini öquvçilar bilan örtoqlaşmoqda.