Bugun, 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida «Qonun ustuvorligi va din» mavzusida xalqaro seminar iş boşladi. Tadbirda turli davlatlardan vakillar iştirok etişdi.
Seminarning oçiliş marosimida minbarga çiqqan Özbekiston Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmed Şahid tomonidan berilgan 52ta tavsiyaning 51tasi bajarilgani haqida ma'lum qildi.
«Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Hozirgi kunda Özbekistonda 16 yönalişda 2 mingdan ortiq diniy taşkilotlar faoliyat yurityapti. BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmed Şahid Özbekistonga taşrif buyurganida istagan joyga borişi, öz közlari bilan körişi uçun yetarliça şaroit yaratib berdik. Hatto köpçilik yomonlagan «Jasliq» koloniyasini ham şaxsan kirib kördi. Xabaringiz bor, prezident taşabbusi bilan bu qamoqxona hozir yopilgan.
Ahmed Şahid janoblari bizdagi holatni örganib bergan 52 tavsiyasining 51tasini bajardik. Faqat bittasi qoldi. Bu ham bölsa «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunning yangi tahriri. Ammo bu borada şoşib bölmaydi, çunki bu qonun, xato qilişga haqqimiz yöq. Tavsiyalarni bajarganimizdan keyin Janob Şahidni yana çaqirdik. Vaqti bölişi bilan kelib öz közi bilan körib ketadi» – deya Akmal Saidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













