Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti universitetda beş kunlik ta'lim tizimiga ötilayotgani, universitetda forma butunlay bekor qilingani töğrisida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Ma'lum qilinişiça, talabalarning kiyinişi böyiça erkinlik berilgani rost, ammo bu istalgan kiyimni kiyiş mumkin, degani emas.
«Haqiqatan ham, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida 2019 yil 25 noyabrdan boşlab beş kunlik ta'lim tizimiga ötiş belgilangan. Bunda talabalar haftaning 5 kuni davomida nazariy bilimlarni egallaşsa, haftaning şanba kunida mustaqil ta'lim bilan maşğul böladilar.
Şu örinda aytib ötişni joiz deb bilamizki, «Xalq sözi» va uning qandaydir manbasiga tayanib berilgan ma'lumot notöğri talqin etilgan. Xabardan anglaşiladiki, endi talabalar uçun şanba va yakşanba kunlari dam oliş ekan (faqat yakşanba dam oliş kuni, şanba mustaqil ta'lim kuni).
Şuningdek, xabarda universitetdagi kiyiniş tartibi haqida ham örinsiz yondaşuv mavjud. Töğri, talabalarning kiyinişi böyiça erkinlik berildi. Ammo universitet jamoatçilik kengaşi va talabalar tomonidan ma'qullangan içki tartib-qoidalariga rioya qilinişi zarurligi belgilab qöyilmoqda. Albatta, bunda talabalik odobiga rioya qilgan, ta'lim dargohi – madaniyat öçoği ekanligini yoddan çiqarmagan holda kiyiniş tavsiya etilmoqda. Bu öz navbatida, «Xalq sözi» ta'biri bilan aytganda, «universitet talabasi istalgan kiyimda öqişga kelişi va darslarda iştirok etişi mumkin» degani emas.
Bunday xabarlarni tarqatişdan avval rasmiy şaxslardan, jumladan, universitet matbuot kotibidan (+998974404504 telefon raqami orqali) ma'lumot oliş örinli bölar edi», deyiladi TDIU axborot xizmati xabarida.
Huquqşunos bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida uşbu raddiya böyiça izoh berdi.
«Umuman olganda, bu hayron qolarli yangilik emas. Butun dunyoda ham şunaqa, erkin forma degani, bu talaba istasa şippakda, istasa şortikda, istasa iç kiyimda kelişi mumkin degani emas.
Erkin forma, bu - umumiy çegaralar içida istalgan formada kelişni anglatadi. Erkin forma joriy qilingan joyda, bizdagiga öxşab «galstuging qani?», «nega köylaging rangi oq emas?», «nega paypoğing kalta?» degan savollar berilmaydi, xolos.
Ammo muammo şundaki, «erkinlik» degan sözni bizda ikkala taraf ham börttirib qabul qiladi. Ayrim mas'ullar talabaga erkinlik bersak, yalanğoç kelmasmikin, deb xavotir oladi. Ayrim talabalar esa, erkinlik berildi desa, yalanğoç borsam bölarkan-da, deb qabul qiladi. Qarabsizki, mana şunaqa xavotirlar ostida barça erkinliklarga taqiq qöyilaveradi. Holatni börttirmasdan, boriça qabul qilaveriş kerak.












