Facebook Inc. kompaniyasi foydalanuvçilar uni Facebook ijtimoiy tarmoği bilan adaştirmasliklari uçun öz logotipini özgartirişga qaror qildi. 

Ta'kidlanişiça, öz faoliyatini bir servis – Facebook ijtimoiy tarmoği sifatida boşlagan kompaniya bugungi kunda foydalanuvçilarga bir qator boşqa mahsulotlar: Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace, Portal va Calibra dasturlarini taklif etadi.

“Facebook qanday mahsulotlarni taklif qilişi tuşunarli bölişi uçun öz belgimizni yangilamoqdamiz”, deyilgan kompaniya xabarida. 

Kompaniya asosçisi va rahbari Mark Tsukerberg fikriça, köplab odamlar Instagram, WhatsApp va kompaniyaning boşqa dasturlari kimga tegişli ekanini bilmaydilar. Yangi logotip esa bu muammoni hal qilişga qaratilgan.

Yaqin kunlarda yangi logotip Instagram, WhatsApp va kompaniyaning boşqa dasturlarida paydo böladi. Unda kompaniya nomi katta harflar bilan yoziladi va har bir dasturga xos rangda böladi. Misol uçun, Instagram’da yangi logotipni dasturga kiriş sahifasida va sozlanmalar menyusida köriş mumkin böladi.