Sport | 01:21 / 05.11.2019
18657
1 daqiqa o‘qiladi

Hasanboy Do‘smatov shu oyda professional ringda debyut qiladi 

Foto: KUN.UZ

2016 yilgi Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov professional ringdagi ilk jangini avval e'lon qilinganidek, 30 noyabrda Monakoda emas, balki 10 noyabrda Xitoyning Fuchjou shahrida o‘tkazadi.

Boxrec ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschining raqibi xitoylik De Bin Chjou bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, xitoylik bokschi professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, 3 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durang natija qayd qilgan. 

Avvalroq Rio-2016 olimpiadasi chempioni, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori Hasanboy Do‘smatov professional boksga o‘tishi ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid