Doimo yaşil tusdagi Mandarin daraxti sitruslar oilasiga mansub. Uning şirin mevalari pöçoğini ajratiş oson, aynan şu xususiyati mandarinni boşqa sitruslardan ajratib turadi. Mandarin sarxil holida iste'mol qilinadi, mevali va sabzavotli salatlarga qöşiladi, şuningdek undan mandarin şarbati va murabbo tayyorlaş mumkin. 

Mandarin noyabr-dekabr oylarida pişib yetiladi. U Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyada eng maşhur sitrus meva hisoblanadi. Uning daraxti Misr, Jazoir, Turkiya, Ozarboyjon, Braziliya, Ispaniya va boşqa mamlakatlarda ham östiriladi.

Uning foydali xususiyatlari

Uşbu meva tarkibida organik kislotalar, şakar, askorbin kislotasi, tiamin, rutin va fitonsidlar mavjud. Terisida katta miqdorda efir moyi bor. Mandarinning töyimlilik darajasi 53 kkal.

Mandarinlar B va S vitamini uçun ajoyib manbadir. Kuz-qiş mavsumida immunitetni mustahkamlaş uçun organizmdagi vitaminlar zaxirasini töldirib boriş muhim ahamiyatga ega. Mandarin iste'moli iştahani oçadi, organizmdagi moddalar almaşinuvi jarayonini yaxşilaydi, umumiy quvvat beruvçi va mikroblarga qarşi kuraşuvçi hisoblanadi.

Mandarindan olinadigan köplab foydalarga qaramay, ularning me'yordan ortiq iste'moli allergik reaksiyalarni keltirib çiqarişi mumkin. Me'da şirasi kislotasi oşişi bilan keçuvçi gastrit va içaklardagi yalliğlaniş xastaliklarida mandarin tanovul qiliş tavsiya etilmaydi. 

Sifatli mardarinni qanday tanlaş mumkin?

Birinçi navbatda mevaning taşqi körinişiga ahamiyat qaratiş lozim. Uning terisi zaxa bölmagan va buzilmagan holatda yaxlit bölişi kerak. Yetilib pişgan mandarinlarning tusi bir xilda böladi, ammo terisi ğayritabiiy yaltirab turganini xarid qiliş töğri bölmaydi. 

Mandarinlarni, şuningdek, ular yetiştirilgan mamlakatga qarab ham tanlaş mumkin. Ispan navi şirin, töyingan apelsin rangiga ega va danakli böladi. Bu kabi mandarinlarni pöstini arçiş juda oson. 

Turkiya mandarinlari yorqin-apelsin tusida, danagi yöq, ammo nordon mazaga ega.

Ham şirin, ham suvli va danaksiz mandarinlar Marokaşdan keltiriladi. Ularni töyingan qizilga moyil pöst orqali ajratib oliş mumkin.