Özbekistonda mandarinlarning ulgurji narxlari pasayişda davom etib, yilning şu davri uçun yangi eng past darajaga yetdi. 

Joriy yilning 8 dekabridan 15 dekabrigaça mandarinning örtaça ulgurji narxi bir kg uçun 10 mingdan 8 ming sömgaça, ya’ni 20 foizga pasaydi.

Oxirgi ikki oyda mazkur mahsulotlarning ulgurji narxlari har hafta pasayib borayotgani hisobga olinsa, 20 oktyabrdan 15 dekabrgaça mandarinning örtaça ulgurji narxi 1 kg uçun 29 ming sömdan 8 ming sömgaça, ya’ni bu davrda 3,6 barobar arzonlaşgan.

Şuningdek, 15 dekabr holatiga, mandarinning örtaça ulgurji narxi ötgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga va 2021 yilning şu sanasiga nisbatan uçdan biriga arzonroq.

Joriy yilning 20 oktyabridan 10 noyabrigaça mandarinning örtaça ulgurji narxi 29 ming sömdan 20 ming sömga pasaygandi.