Mandarin qişda eng köp iste’mol qilinadigan meva. Barça foydali xususiyatlariga qaramay, uşbu sitrus mevani me’yoridan ortiq iste’mol qiliş soğlik uçun jiddiy muammolarga olib kelişi mumkin. Rossiyalik nutritsiolog Yuliya Xlopava mandarinlarning foyda va zararlari haqida ilmiy dalillarga asoslangan ma’lumotlar bilan örtoqlaşdi.

Mandarinlar nimasi bilan foydali?

Mandarin vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy meva hisoblanadi. Uning foydali xususiyatlari quyidagilardan iborat:

C vitamini manbai. Bu vitamin immunitetni qöllab-quvvatlaydigan, şamollaşga qarşi kuraşişga yordam beradigan va teri holatini yaxşilab, uni yaltiratadigan xususiyatlarga ega.

Antioksidantlar. Mandarinlar tarkibidagi flavonoidlar va karotinoidlar organizm hujayralarini oksidlaniş stressidan himoya qilib, qariş jarayonlarini sekinlaştiradi.

Ovqat hazm qilişni qöllab-quvvatlaş. Mandarinlar tarkibida içak salomatligini saqlaşga yordam beradigan va qabziyatning oldini oladigan kletçatka mavjud.

Foydali mikroelementlar. Mandarinlar yurak, suyaklar va asab tizimi uçun foydali bölgan kaliy, magniy va kalsiyga boy.

Kaloriyasi past. Örtaça bir dona mandarin taxminan 40-50 kaloriya saqlaydi, şu sababli u vaznini nazorat qilayotganlar uçun ayni muddao böladi.

Soğliqqa zarar yetkazmaslik uçun qança mandarin yeyiş kerak?

Barça foydali xususiyatlariga qaramay, mandarinlar ham, boşqa har qanday mahsulot singari, me’yorida iste’mol qilinişi lozim. Şifokorlar va diyetologlar salbiy oqibatlardan saqlaniş uçun kuniga 2-4 tadan ortiq mandarin iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi.

Mandarin iste’molini çeklaş nima uçun muhim?

Meva kislotasi. Mandarinlar tarkibida köp miqdorda kislota mavjud bölib, ular me’yoridan ortiq iste’mol qilinganda oşqozon şilliq qavatini şikastlaşi, jiğildon qaynaşi yoki noqulaylik hissini keltirib çiqarişi mumkin.