Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz farmoni bilan Rossiya tergov qömitasi, favqulodda vaziyatlar va içki işlar vazirliklarining 11 generalini öz lavozimidan böşatdi.

Farmonga köra, böşatilgan generallar orasida Rossiya içki işlar vazirligining jamoat tartibini saqlaşni ta'minlaş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov ham bor.

Putin hammasi bölib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, içki işlar vazirligining 4 nafar va tergov qömitasining bir generalini öz lavozimidan böşatgan.  

Şuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oşirgan. 

Bundan taşqari, Rossiya prezidenti boşqa farmoni bilan içki işlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlarini bergan.