4 noyabr kuni Özbekistondagi «Ipak yöli» xalqaro turizm universiteti va Qozoğistonning Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti örtasida memorandum imzolandi. Unga asosan, 2019-2020 öquv yili söngida Samarqand şahrida yozgi turistik maktab taşkil qilinişi kutilmoqda.
Bu haqda Qozoğistonning Turkiston şahrida boşlangan «Bir yöl – bir tarix» xalqaro turistik forumini yoritayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ipak yöli turizmi universiteti rektori örinbosari Azamat Akbarovning sözlariga köra, yozgi turizm maktabida qirqqa yaqin talaba amaliyot ötaydi.
«Ta'lim memorandumi ikki mamlakat turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga hissa qöşişi bilan birga, sohani ilmiy jihatdan rivojlantirişga imkon yaratadi.
Universtitetning turizm fakulteti bilan hamkorlik böyiça kelişib oldik. 2019-2020 yil öquv yili sönggida Samarqand şahrida yozgi maktab taşkil qilişni rejalaştirdik. Qozoq va xorij talabalari, öqituvçilari taşrifi kutilyapti. Samarqandda qirqqa yaqin talaba amaliyot ötaydi», – deydi Akbarov.
Uning qöşimça qilişiça, talabalarning ilk marotaba Samarqand şahriga taşrifi tajriba vazifasini ötaydi. Şu bilan birga, yoşlar turizmiga ham katta yöl oçiladi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Turkistonda «Bir yöl – bir tarix» turistik forumi boşlangani haqida xabar berilgan edi.












