Joriy yilning 5 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Agrobank» ATB tizimida jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş jarayonlari hamda ijro intizomi» mavzusiga bağişlab brifing ötkazildi.

Brifingda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşda aholi va tadbirkorlar bilan muntazam uçraşuv va muloqotlar ötkazib borilayotgani, ularning muammolarini hal etiş yuzasidan olib borilayotgan işlar töğrisida ma'lumotlar berildi.

Xususan, joriy yilning 1 noyabr holatiga köra, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan kelib tuşgan murojaatlarning 88 foizi bank tomonidan mablağ ajratilişi masalasida bölib, şundan 75 foizi ijtimoiy dasturlarga asosan imtiyozli şartlar asosida mablağ ajratiş, 12 foizi bank xizmatlari yuzasidan ma'lumot oliş masalasidagi murojaatlarni taşkil etdi.

Bundan taşqari, aholi va tadbirkorlar bilan töğridan-töğri muloqot qiliş maqsadida Telegram, Facebook hamda Instagram ijtimoiy tarmoqlarida bankning rasmiy sahifalari orqali ham murojaatlar yöllaş imkoniyati mavjud. Xususan, joriy yilning uşbu davriga qadar Telegram messendjyeri orqali 237 ta, Facebook ijtimoiy tarmoği orqali 1145 ta, jami 1382 ta murojaatlar tezkorlik bilan körib çiqilib, 740 tasi (54 foiz) ijobiy hal etildi. 642 ta (46 foiz) murojaatçiga huquqiy tuşunçalar berildi.

Şuningdek, murojaatçilarga qulaylik yaratiş maqsadida tizimda işonç telefonlari hamda call-markaz faoliyat yuritadi. Uşbu işonç telefonlari orqali mijozlardan 660 ta murojaatlar qabul qilinib, 241 tasi ijobiy hal etilgan, 394 tasi murojaatçiga huquqiy tuşunçalar berilgan.

Aholi va bank mijozlari bilan yuzma-yuz muloqot qiliş maqsadida Bank Boşqaruv raisi, örinbosarlari va viloyat boşqarmalari tomonidan joriy yilning ötgan davri davomida Respublikaning 177 ta tuman va şaharlarida tadbirkorlar bilan sayyor uçraşuvlar ötkazildi. Mazkur ötkazilgan sayyor uçraşuv davomida 73 mingdan ortiq mijozlar iştirok etib, ulardan 3,5 mingta murojaatlar kelib tuşgan va murojaatlar ijobiy hal etildi.

Tadbir söngida jurnalistlar tomonidan özlarini qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.

Sayt: