Uşbu xayriya işlari uçun qariyb ön beş million sömlik kitoblar sotib olingan.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan «Masjid va madrasalar uçun kitob» aksiyasi amalga oşirib kelinmoqda. Uşbu xayrli işlar doirasida yurtimiz masjid va madrasalariga kitoblar taqdim etilmoqda, deb xabar berdi "Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati.

Joriy yilning oktabr oyida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan homiylar mablağlari evaziga xarid qilingan 81 nomdagi 500 ga yaqin kitob Toşkent şahridagi "Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidiga vaqf qilindi. Kitoblarga vaqf mulki ekanini bildiruvçi muhrlar bosilib, uşbu masjid majmuaga yetkazilgan.


Uşbu xayriya işlari uçun qariyb ön beş million sömlik kitoblar sotib olingan.
«Alloh roziligi yölida qilingan ehsonlarni Özi dargohida qabuli maqbul aylasin! Alloh taolo Özining Kalomida şunday marhamat qiladi: "Mollarini Allohning yölida sarflaydiganlarning misoli, xuddi bir dona donga öxşaydi. Undan yetti boşoq ösib çiqadi, har boşoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana köpaytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvçi va biluvçi zotdir" (Baqara surasi, 261-oyat).



Azizlar, xayrli işlarda faol bölaylik. Xayriya tadbirlarida öz hissalarimizni qöşib ajrlarga erişaylik!», deyiladi xabarda.
Fond faoliyatini qöllab-quvvatlab, xayrli işlarda faol iştirok etayotgan mömin va möminalarga "Vaqf" xayriya jamoat fondi öz minnatdorligini bildiradi.

















