O‘zbekiston | 18:10 / 06.11.2019
9418
1 daqiqa o‘qiladi

Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog‘lovchi A-373 avtomagistrali to‘liq kameralashtiriladi

Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog‘lovchi A-373 avtomagistrali to‘liq foto-video qayd etish qurilmalari nazorati bilan qamrab olinadi. Bu haqda 6 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan «Hukumat soati»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma'lum qildi.

Vazirning ta'kidlashicha, bugungi kunda A-373 avtomagistralida shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan 10 komplekt mobil foto-video qayd etish qurilmalari ishlamoqda.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

«Toshkent viloyati, shuningdek, «Ohangaron–Qamchiq dovoni» A-373 avtomagistralining 90ta chorrahasi bo‘yicha loyiha va texnik hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Andijon va Namangan viloyatlarida mazkur yo‘nalishda muhandislik-qidiruv ishlari olib borilmoqda», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil yakunigacha Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi chorrahalarda o‘rnatilgan barcha eski svetoforlar yangisiga almashtiriladi. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasidagi ushbu ishlar viloyat hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid