Bu yerda oxirgi 31 yil davomida mukammal ta'mirlaş işlari amalga oşirilmagan, muassasa binosining avariya holatiga kelib qolganligi, öyin maydonçalarining zamon talablariga javob bermasligi sababli, muassasada tarbiyalanuvçilarning soni keskin kamayib, 160 nafarga tuşib ketgan edi.

Muhtaram Prezidentimiz Ş. Mirziyoyev topşiriğiga asosan, boş prokuror va Toşkent şahar prokurori boşçiligida tuman prokurori tomonidan mahalla faollari va uşbu hududda istiqomat qiluvçi yoş ota-onalardan kelib tuşgan murojaat va takliflarni inobatga olgan holda boğçada ta'mirlaş işlari boşlandi.


Mazkur maktabgaça ta'lim muassasasini loyihalaştiriş jarayonida Muhtaram Prezidentimizning “Yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş”ga qaratilgan 5 ta muhim taşabbus böyiça ötkazilgan videoselektorda bergan topşiriq va körsatmalari ham mujassamlaştirildi.


Jumladan, muassasa töliq kapital rekonstruksiya qilindi. Bolalar maydonçalari, zamonaviy suv havzasi yangidan qurildi. Mini futbol, voleybol, rekonstruksiyali bolalar öyin maydonçalari, amfiteatr, davolaş yölakçalari taşkil qilindi, şaxmat hududi barpo etildi.

Barça guruhlar zamonaviy jihozlar, öquv-metodik adabiyotlar, didaktik materiallar, rivojlantiruvçi öyin va öyinçoqlar bilan ta'minlandi, turli yönalişdagi tögaraklar taşkil etildi.

Yangi taşkil etilgan innovatsion öquv xonasi eng sönggi texnika va texnologiya vositalari bilan jihozlandi. Uşbu xonada bolajonlarga nafaqat kompyuter texnologiyalari, balki AKTni qöllagan holda xorijiy tillar, matematik fikrlaş, rassomlik grafikasini öyin tarzida örgatiş közda tutilgan.











