Özbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugga qaraşli “Kattaqörğon” dala-öquv maydoni foydalanişga topşirildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uşbu dala-öquv maydonining oçiliş marosimida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliği, general-mayor Pavel Ergaşev, Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni, polkovnik Oybek Saidov, “Özbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, tumandagi maktab öquvçi yoşlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi. 

Dala-öquv maydoni çinakam ma'noda askar akademiyasidir. Çunki poligonda harbiy xizmatçi nazariy bilimlarini amaliy sinovdan ötkazadi. Şu bois, vatan himoyaçilarining ham ma'nan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarligi oşişida, jangovar şayligining rivoj topişida poligonlarning örni muhimdir.  

Marosimda söz olgan mudofaa vaziri dala-öquv maydoni qurilişida jonbozlik körsatgan harbiy xizmatçilarga öz minnatdorçiligini bildirdi. Bu kabi poligonlar yurtimiz himoyasi uçun bel boğlagan asl öğlonlar uçun malaka va tajriba orttiriş maydoni bölişini ta'kidladi.

Poligon qurilişida öz vatanparvarligini körsatgan bir guruh harbiy xizmatçilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. 

Oçiliş marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor B.Qurbonov boşçiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan öquv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oşxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari közdan keçirildi. Askar va ofitserlar oşxonasi közdan keçirilayotgan pallada uning bugungi kunda şahar markazlarida urf bölgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida ta'kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati