"Rover" atrofdagi obektlarni taniy oladi, yönalişni rejalaştiradi, tösiqlarni aylanib ötadi, piyodalar va jonivorlarga yöl beradi.

"Yandeks" kurer-robotni namoyiş etdi, u kompaniya qarorgohi hududida sinovdan ötkazilmoqda. Bu haqda "Yandeks" matbuot xizmati xabar berdi.

Balandligi yarim metr bölgan bu qurilma şahar piyodalar yölkalarida piyoda tezligida harakatlanadi. Undan kiçik ölçamdagi yuklarni taşişda foydalaniladi. Robot "Yandeks.Rover" deb nomlandi.

"Dastlabki bir neçta robot sinov işlarini bajarmoqda. Ular "Yandeks" qarorgohi içida hujjatlarni taşimoqda. Robot özi mustaqil yuradi, ammo hozirça operator kuzatuvi ostida. "Rover" atrofdagi obektlarni taniy oladi, yönalişni rejalaştiradi, tösiqlarni aylanib ötadi, piyodalar va jonivorlarga yöl beradi", - deyiladi xabarda.

Kelgusida "Rover" "Yandeks" ekotizimiga kiritiladi. Sinovlar yakunlanganidan söng boşqa kompaniyalarga robot xizmatlaridan foydalaniş taklif etilişi mumkin.