Energetika vazirligida mamlakatda ASKUE tizimini joriy etiş böyiça asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan işçi yiğilişi bölib ötdi. 

Vazirlik matbuot xizmatiga köra, «Elektr energiyasi iste'moli hisobini yuritiş va nazorat qiliş böyiça avtomatlaştirilgan tizimni joriy qiliş» investitsiya loyihasining amalga oşirilişi Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi sinov loyihalaridan boşlanib, mamlakat böylab bosqiçma bosqiç davom etmoqda. Hozirgi kunda elektr energiya sarfini hisoblaş böyiça «aqlli hisoblagiçlar» deb ataladigan zamonaviy asboblarning örnatilişi Özbekiston poytaxtida ham amalga oşirilmoqda.  

«KT Corporation» vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda qayd etildiki, sinov loyihasini amalga oşiriş davomida iste'molçilardan foydalanilgan elektr energiyasi uçun haq tölaş darajasi 99 foizgaça ösdi. 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan hisoblaş asboblariga ular örnatilganidan söng xizmat körsatiş, ASKUE tizimiga va hisoblaş uskunalariga texnik xizmat körsatiş uçun qöşimça xodimlarni öqitiş mexanizmi muhokama qilindi. 

Şuningdek, işçi yiğilişi davomida «KT Corporation» vakillari tomonidan ASKUE markazlaştirilgan tizimining amalga oşirilişi loyihasining taqdimoti ötkazildi. 

Ayni paytda xorijiy tomon vakillari tizimning birinçi va ikkinçi bosqiçlari joriy qilinişi natijalariga köra, boşqa işlab çiqaruvçilar hisoblaş asboblari bilan bir-biriga mosligi foizi 98 foizni taşkil etadi va yaqin kunlarda uni 100 foizga yetkaziş möljallanmoqda. Hozirgi paytda Koreya tomonidan test paneli yetkazib berildi, uning yordamida mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib beriladigan uskunalarning joriy tizim bilan bir-biriga mosligi tekşiriladi. 

«KT Corporation» kompaniyasi bilan ASKUE tizimini joriy qiliş böyiça şartnoma 2015 yil 12 oktyabrida imzolangan.  

Özbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3981 sonli qaroriga muvofiq, ASKUE 1-faza loyihasi pudratçisi - «KT Corporation» kompaniyasi (Koreya) bilan ASKUE Yagona ma'lumotlarga işlov beriş böyiça respublika markazini taşkil qiliş böyiça qöşimça bitim imzolanişi ham közda tutilgan.