Murojaat 25 yil muqaddam davlat tasarrufidan çiqarilgan va xususiylaştirilgan köçmas mulk obektlari Farğona şahar hokimligi da'vosiga asosan ma'muriy sudlar tomonidan davlat zaxirasiga tortib olinayotgani haqida edi.

Şu bois, murojaatlarni örganiş va tadbirkor dardiga quloq tutiş maqsadida Farğona viloyatida bölib qaytdik.

Ma'lumki, «Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 24-moddasiga köra, davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmaydi va bekor qilinmaydi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 17 yanvarda imzolagan «Tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniş uçun davlat mulki obektlarini sotişni jadallaştiriş va uning tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 4933-sonli farmonida ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilib, davlat organlari, şu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiliş organlari va sudlar tomonidan xususiylaştiriş natijalarini, şu jumladan, obektlar qiymatini baholaş natijalarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş masalalarini örtaga qöyiş taqiqlab qöyilgan.

Biroq, uşbu tartib-qoidalarga Farğona şahar hokimligi, Farğona şahar ma'muriy sudi va viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasi tomonidan rioya etilmagani oqibatida bundan 25 yil avval xususiylaştirilgan mulkni bugungi kunda qonuniy tarzda egallab, tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan fuqarolar sarson-sargardon bölişdi, moddiy va ma'naviy zarar körişdi. 

Mulkni tortib olişning eng oson yöli sud

Gap şundaki, Farğona şahar hokimligi şahar ma'muriy sudiga da'vo ariza bilan murojaat qilib, Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş Davlat qömitasi Farğona viloyat boşqarmasining bundan 25 yil avvalgi davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştirişda ifodalangan buyruği hamda mulkiy huquqni tasdiqlovçi davlat orderini haqiqiy emas deb topişni söragan. 

Farğona şahar ma'muriy sudi sudyasi S.Kurbanovning 2019 yil

18 iyuldagi hal qiluv qarori bilan hokimlikning da'vosi qanoatlantirilib, mulk qömitasi Farğona viloyat boşqarmasining 1994 yil 3 noyabrdagi buyruği hamda 1994 yil 23 noyabrdagi mulkiy huquqni tasdiqlovçi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan.