O‘zbekistonda fuqaroligi yo‘q shaxslarning bir qismiga fuqarolik berilishi kutilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda 1995 yil 1 yanvargacha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan, ammo shu paytgacha fuqarolik maqomini ololmagan 49228 nafar shaxsga fuqarolik berilishi kutilmoqda.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyoyev 7 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, IIV tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida» qonun loyihasida ko‘plab yengilliklar nazarda tutilayotganini ma'lum qildi.

Qonun loyihasida «yashash guvohnomasi», «tekshiruv varaqasi», «xorijiy davlat fuqarosi», «fuqaroligi bo‘lmagan shaxs»

va boshqa shu kabi tushunchalarga sharh berilmoqda, Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari aks ettirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari nazarda tutilmoqda:

umumiy – O‘zbekiston hududida uzluksiz besh yil yashagan xorijiy davlat fuqarolari (xorijiy davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa), shuningdek, yashash ma'lumotnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etiladi;

soddalashtirilgan – xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshlarga taqdim etiladi;

alohida tartibda – O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan beriladi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgani haqida ma'lumot berildi. Qonun qabul qilingan taqdirda quyidagilar amalga oshadi:

– O‘zbekiston Respublikasida 1995 yil 1 yanvarga qadar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini olmagan hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasiga ega bo‘lganlarning